1

​Ramazon tayyorgarligi uchun ba`zi maslahatlar

Hidoyat sari 26.05.2017, 15:51
Teglar: Muborak Ramazon
​Ramazon tayyorgarligi uchun ba`zi maslahatlar

Islom va boshqa dinlarda ro`za, Yaratganga ibodatlarning eng muhimi bo`lish bilan birga, inson salomatligi uchun ham juda foydali hisoblanadi. Bir oylik ro`za tutish jarayonida inson organizmida moddalar almashinuvi tizimi dam oladi.

Energiya hosil qilish uchun organizmdagi to`planib qolgan yog`lar ishga tushadi. Shu bilan birga, biz kunlik eguligimizni qadriga etishni va ochlikka sabr qilishni o`rganamiz. Hattoki ko`pchilikka ro`zadan keyin ovqatlarning ta`mi ham boshqacha – mazali tuyuladi. Ro`za ― bu Robbimizning bizga tuhfasi va biz bu jarayonga alohida ahamiyat bilan qarashimiz lozim bo`ladi. Ramazonda sog`lom turmush tarziga erishish uchun biroz tayyorgarlik ham kerak bo`ladi. Kelayotgan oy uchun avvaldan taxminiy «menyu» tuzib, kerakli narsalarni sotib olishni boshlash kerak. Shunda siz Ramazonning boshidanoq o`zingiz istagan taomni sizga qulay sharoitlar bilan tayyorlashingiz mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, oldindan menyuni tayyorlash sizning vaqtingiz va kuchingizni tejaydi. Hozirdanoq kofe, gazlangan ichimliklar, umuman, tarkibida kofein mavjud ichimliklarni kamaytirish maqsadga muvofiq. Shunda Ramazongacha sekin-sekin bunga o`rganasiz. Shu bilan birga, organizmda namlikni saqlab turish uchun 8-10 stakangacha suv ichishingiz mumkin.

Ramazon – ozish fursati emas. Bu – sokinlik, xotirjamlik oyi. Agar o`tgan yili sog`ligingiz bilan muammolar bo`lgan bo`lsa, albatta, shifokorga borib, oldindan ovqatlanish tarzini qanday tashkil qilish borasida maslahatlashing.

Uyqu, mashg`ulotlar, ish vaqtlarining ham tartibli bo`lishiga ahamiyat bering. Gimnastika ham juda yaxshi foyda beradi. Agar siz barcha faoliyatlaringizni tartibga sola olsangiz, Ramazon oyi davomida tetik va bardam bo`lasiz.

Ramazon oyida ovqatlanish tartibida quyidagilarga ahamiyat bering:


• Meva va sabzavotlardan imkon qadar ko`p foydalaning, hamisha dasturxoningizda bo`lsin.

• Saharlik paytida judayam shoshilib ovqatlanishdan saqlaning.

• Kunduzi chanqamaslik va bosh og`rig`idan qochish uchun ko`proq suyuqlik (masalan, yangi meva sharbatlari) iching.

• Choy, kofe, kola kabilarni 2 stakandan ortiq ichmang. Ular uyquni qochirish bilan birga, organizmdan suyuqlik ketib qolishiga sabab bo`ladi, bu esa darmonsizlikka olib keladi.

• Badantarbiya qiling. Faol qon almashinuvini ta`minlash muhim ahamiyatga ega. Ertalabki va kechki sayr ham juda foydali.

• Uxlash tartibingizga e`tibor qiling. Bu kun davomida o`zingizni yaxshi his qilishga yordam beradi, ayniqsa, ishlaydigan va o`qiydiganlar uchun bu juda ahamiyatli. Kam uxlash asabiylik, bosh og`rig`i va ovqat hazm qilish bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

• Tushdan so`ng biroz uxlab olish ham foydali. Bu sizni tetiklashtiradi va iftor vaqtigacha kuch bag`ishlaydi.

• Saharlik. Albatta, quyosh chiqishidan oldin saharlik qiling. Uyqu buzilishi tufayli saharlikdan voz kechmang. Shuningdek, bu nonushta quvvat manbai bo`lishiga ham e`tibor bering.

Manba: www.musulmanka.ru

Sharhlar

Qadr kechasi uchun 27 tavsiya

11.06.2018, 14:50

Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko`p ovqat emang.Bu kechani ibodat bilan o`tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.Barcha mo`minlar...
Qadr kechasi: eng buyuk tun

11.06.2018, 14:39

Bolaligimda, bir sehrli kechada laylak uchib kelishi, u uchib o`tayotganda inson nimani ushlasa, o`sha narsa oltinga aylanib qolishi haqidagi rivoyatni eshitganimdagi hayrat va hayajonni hozir...
Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

07.06.2018, 15:49

Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag`firat va`da qilindi. Dastlabkisida “kim Ramazon ro`zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o`tgan gunohlari mag`firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim...
Ramazon oyida bo`lgan tarixiy hodisalar

21.05.2018, 11:27

Ramazon oyida juda katta tarixiy voqealar sodir bo`lgan. Shu o`rinda muslim.uz nashri ulardan ayrimlarini sanab o`tdi:Milodiy 610 yili, hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi va sallam) qirq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1