1

​Ro`za haqidagi 8 savolga 8 javob

Hidoyat sari 27.05.2017, 11:13
Teglar: Muborak Ramazon
​Ro`za haqidagi 8 savolga 8 javob

Ro`zada niyat qilish

— Ro`za tutish uchun qachon va qanday niyat qilish kerakligi haqida ma`lumot bersangiz.

— Mazhabimizning barcha faqihlari ramazon oyida har bir kun uchun alohida niyat qilish kerakligini aytishgan (“Fatovoyi Qozixon”). Chunki Ramazon ro`zasining har bir kuni alohida ibodat hisoblanadi. Imom Najmiddin Nasafiy ramazonda saharlikka turish ham ro`za niyati o`rniga o`tishini aytganlar. Ramazon ro`zasiga har kuni quyosh botganidan so`ng niyat qilsa ham bo`ladi (Saraxsiy, “Muhiyt”). Saharlikka turolmay uxlab qolgan kishi, Ramazonga iftorlik paytida niyat qilmagan bo`lsa, choshgohda ham ro`zasiga niyat qilsa bo`ladi.

Havo issiqligining ta`siri bormi?

— Hozirgiday issiq kunlarda (og`ir mehnatda) ishlaydiganlar ro`za tutmasalar ham bo`laveradimi?

— Ramazon oyi jaziramada kelsa va uni tutsa, ishlashi bois tashnalik yo ochlik sababli aqliga ziyon etishidan qo`rqqan odam ro`za tutmasligi mumkin (“Fatovoyi Hindiya”). U ham keyinchalik bir kunga bir kun qazosini tutadi.

Nozik pallada-chi?

— Odatda hayz ko`rish kuni ramazon kunlaridan biriga to`g`ri kelib qolgan ayol shu kuni ro`zasini ochib yuborsa-yu, hayzi kelmasa, qanday yo`l tutadi?

— Ayol “hayz kunim”, deya boshlagan ro`zasini buzsa va o`sha kuni hayz kelmasa, unga ham qazo, ham kafforat lozim bo`ladi (“Zahiriya”). Ya`ni, ochib yuborgan bir kuniga bir kun qazo va kafforat sifatida yana oltmish kun ketma-ket ro`za tutishi kerak.

Homiladorlik va emiziklikning hukmi qanday?

— Men bir necha yil homilador va emizikli bo`lganim uchun ro`za tutolmadim. Endi o`sha kunlar uchun fidya bersam bo`ladimi?

— Yo`q. Ro`za tutishga kuchingiz etar ekan, qazo ro`za tutib berishingiz kerak bo`ladi, fidya berishingiz joiz bo`lmaydi.

Og`izga ko`z yosh kirib ketsa...

— Ko`z yoshi yoki yuzdan oqqan ter og`iz ichiga kirsa, ro`zaga ta`sir qilmaydimi?

— Ko`z yoshi ro`zadorning og`ziga juda kam miqdorda, ya`ni bir yo ikki qatra miqdoricha kirsa, uning ro`zasini buzmaydi. Ammo undan ko`p bo`lib, og`izning hamma joyida uning sho`r ta`mi sezilsa, ro`zani buzadi. Yuzdan oqqan ter ham shunga o`xshash bir yo ikki tomchidan ko`pi og`izga kirsa, ro`zani buzadi ("Fatavoyi hindiya", "Xulosa").

Cho`milish hukmi

— Ma`lumki, bu yilgi ramazon yozning eng issiq kunlariga to`g`ri keladi. Ro`zador odam kunning o`rtasida biroz salqinlanish maqsadida ustidan suv quyib olsa bo`ladimi?

— Salqinlanish niyatida ustidan suv quyish makruhdir. Agar tomoq va old-orqa yo`llardan ichga suv ketib qolsa, ro`za buziladi.

Ro`zador ehtiyot bo`lishi lozim

— Uzr, biroz odobdan tashqari bo`lsa ham, zarurat yuzasidan so`rashga majbur bo`ldim: ro`zador odam mustahab qilishda ham ehtiyot bo`lishi kerak, deb eshitdim, shu to`g`rimi?

— Avvalo bir narsani to`g`ri tushunib olaylik, shariat qoidalarini bilish, din ilmini o`rganish uchun savol berish odobsizlik bo`lmaydi. Chunki bu ilmlar ibodatlarning to`g`ri bajarilishi va qabul bo`lishi uchun muhimdir. Xalq orasidagi mashhur “Shariatda sharm yo`q” degan ibora shu ma`noda ishlatiladi. Endi savolingizga kelsak, haqiqatda, ro`zador odam mustahab paytida suvni ko`p ishlatmasligi va mustahab qilayotganida nafas olmay turishi kerak. Aks holda, orqadan ichga suv ketib qolishi, natijada ro`za buzilishi mumkin (“Muhiyt”, “Bahrur roiq”).

Ota-onasi norozi kishishing ro`zasi...

— Ota-onasi rozi bo`lmagan kishining namoz, ro`zasi qabul bo`ladimi?

— Dinimizda ota-onani norozi qilish u yoqda tursin, ra`ylarini qaytarish, ularga yoqmaydigan gaplarni aytish va hatto yonlarida “uf” tortishdan ham qaytarilgan. Ularning xizmatlarida shay turib, haqlariga doimo duo qilib turishimiz buyurilgan. Hadisi shariflarda jannat onalar oyog`i ostidaligi, ota-onaga yaxshilik qilish eng yaxshi amallardanligi, otaning roziligi Alloh taoloning roziligi, otaning g`azabi Alloh taoloning g`azabi ekani bayon etilgan. Bordi-yu, ana shunday holat yuz bergan bo`lsa, tezlik bilan ularning ko`ngillarini olib, roziliklariga erishish payidan bo`lish kerak. Bu holat o`qilgan namoz, tutilgan ro`za va boshqa ibodatlar qabuliga ta`sir ko`rsatmaydi. Chunki bular banda zimmasidagi alohida-alohida vazifalar bo`lib, bajara olmagan bir amali uchun o`tagan boshqa ibodatlari qaytarilmaydi. Lekin bo`ynida bandaning, xususan, ota-onaning haqini ado qilmay vafot etgan odam haqdorlar rozi bo`lmagunicha jannatga kirmaydi.

Maqola “Hidoyat” jurnali asosida tayyorlandi.

Sharhlar

Qadr kechasi uchun 27 tavsiya

11.06.2018, 14:50

Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko`p ovqat emang.Bu kechani ibodat bilan o`tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.Barcha mo`minlar...
Qadr kechasi: eng buyuk tun

11.06.2018, 14:39

Bolaligimda, bir sehrli kechada laylak uchib kelishi, u uchib o`tayotganda inson nimani ushlasa, o`sha narsa oltinga aylanib qolishi haqidagi rivoyatni eshitganimdagi hayrat va hayajonni hozir...
Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

07.06.2018, 15:49

Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag`firat va`da qilindi. Dastlabkisida “kim Ramazon ro`zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o`tgan gunohlari mag`firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim...
Ramazon oyida bo`lgan tarixiy hodisalar

21.05.2018, 11:27

Ramazon oyida juda katta tarixiy voqealar sodir bo`lgan. Shu o`rinda muslim.uz nashri ulardan ayrimlarini sanab o`tdi:Milodiy 610 yili, hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi va sallam) qirq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1