AsosiyJamiyat

Olmaota aeroportida shov-shuvli hodisa: erkak o‘zini yoqib yubordi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bu falokatli harakatga erkakning turmush o'rtog'i bilan bo'lgan shaxsiy nizosi sabab bo'lgan.

'Olmaota aeroportida shov-shuvli hodisa: erkak o‘zini yoqib yubordi'ning rasmi

Aeroport matbuot xizmati xabariga ko‘ra, politsiya va aviatsiya xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan yong‘inni o‘chirgan va yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan transport politsiyasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Aeroport rahbariyati ta’kidlashicha, bu voqea aeroport faoliyatiga ta’sir qilmagan va T1 terminali odatiy tartibda ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar