O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Ma’lum qilinishicha, dollarning rasmiy kursi 58,33 so‘mga oshdi va 12 412,98 so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, Yevro kursi ham 2,12 so‘mga ko‘tarilib, 14 386,64 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 0,35 so‘mga yuqorilab, 154,28 so‘mni tashkil etgan.