AsosiySUG'DIYONA

​Ro`zada atir ishlatsa bo`ladimi?

'​Ro`zada atir ishlatsa bo`ladimi?'ning rasmi

— Ro`za holatda atir ishlatish mumkinmi? Gul va shunga o`xshash xushbo`yliklarni hidlash-chi?

Bahora, Samarqand

— Ro`zada atir ishlatish durust. Gul hidlash ro`zani ochmaydi. Anas ibn Molik raziyallohu anhu Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan “Ro`zador odam o`pishi mumkinmi?” deb so`raydi. Shunda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Buning rayhon gulini hidlagandek zarari yo`q”, deydilar. (Tabaroniy rivoyati). Demak, gul hidlash o`pish kabi ro`zani ochmas ekan.

Faqat anbar va shunga o`xshash o`tga tashlaganda hid chiqaradigan xushbo`yliklarning tutunini ichga kiritsa, ro`zani ochadi. Shuningdek, ro`zada isiriq tutatib, tutunni ichga kiritsa ham ro`za ochiladi. Imom ash-Shurunbuloliy: “Odamlarning ko`pchiligi bundan g`ofildirlar. Ularni ogohlantirish kerak, chunki, ular atir bilan udu anbar tutunini bir xil deb o`ylaydilar”, degan. (“Mavsu`at ul-fiqhiyya”).

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar