1. Ismaloqni bug`da pishiriladi hamda yarimta limon sharbati qo`shib, salat tayyorlanadi. Kuniga bir likopcha miqdorida eyish lozim.
2. Yog`siz sut, yogurt va qatiq.
3. Qaynatilgan yoki konservalangan loviya. Turli xil salatlar tayyorlasa bo`ladi.
4. Qovoqni bug`da pishirib, pyure tayyorlab, sut yoki pishloq bilan aralashtirsa, mazaliroq bo`ladi.
5. Brokkoli karamini bug`da pishirib, o`simlik yog`i va tuz qo`shib iste`mol qilinadi.
6. 50 gr. bug`doy yormasiga 200 ml. qaynagan suv quyib, limon sharbati qo`shiladi-da, ezilguniga qadar pishiriladi. So`ng pomidor, piyoz, zaytun moyi bilan aralashtirib, dasturxonga tortiladi.
7. Lavlagini har qanday ko`rinishda iste`mol qilaverish mumkin.
8. Karam hazm qilish jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatish bilan birga organizmni vitaminlar bilan ta`minlaydi.
9. Pomidorni o`zingizga qulay ko`rinishda iste`mol qilavering, foydali jihatlarini sanab adog`iga etish qiyin.
10. Pista, yong`oq, bodom, funduk kabilarni bir kunda 50 gr.dan kam bo`lmagan miqdorda tanovul qilish tavsiya etiladi.
11. Limon hamda qovun. Yangi uzilganidan iste`mol qiling.
12. Chakanda va klyukvadan sharbat tayyorlang hamda shakar o`rniga asal qo`shib iching.