1

​Kimlarga haj ziyoratiga borish taqiqlangan?

Savol-javob 27.06.2017, 13:12
​Kimlarga haj ziyoratiga borish taqiqlangan?

"Har yil yurtimizdan ko`plab insonlar Haj va Umra safarlariga borib kelishadi. Ating-chi, qanday kassalliklarga chalinganlarning mazkur ziyoratlarga borishi taqiqlanadi?"

Sotvoldi Ergashev, Namangan viloyati, Uychi tumani

D.BOBOJONOV, Din ishlar bo`yicha qo`mitaning Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i:

  • Sog`liqni saqlash vazirligining 2008 yil 17 iyun kunidagi 265-sonli buyrug`ining 1-ilovasiga muvofiq, Haj va Umra ziyoratiga borishga to`sqinlik qiladigan kasalliklar turiga quyidagilar kiradi:
  • Yurakning ishemik kasalliklari, o`tkir miokard infarkti, zo`riqish stenokardiyasi.
  • Serebrovaskulyar kasalliklari, bosh miya qon aylanishining o`tkir buzilishi, bosh miya qon aylanishi buzilishining chuqur nevrologiya defektli asoratlari.
  • Gipertoniya kasalligining 3-bosqichli xavfi.
  • Xavfli o`smalar formalari va hayotiy muhim a`zolar faoliyati buzilishi bilan kechgan hollarda.
  • Faol sil kasalligi.
  • Jigar sirrozi — dekompensasiya bosqichidagi va ensefalopatiya belgilari bilan kechuvchi.
  • Asoratlangan oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi (qaytalanuvchi qon ketish, stenoz 2-3 darajasi).
  • Obstruktiv sariqlik bilan kechuvchi gepatobiliopankreatoduodenal soha kasalliklari (xoledoxolitiaz, gepatobiliopankreatoduodenal soha o`smalari).
  • Qorin va ko`krak qafasida bajarilgan ochiq jarrohliklardan keyingi to`rt hafta davomida.
  • Ruhiy kasalliklar (shizofreniya, psixoorganik sindrom, demensiya va b.).
  • O`pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, nafas etishmovchiligi 2-3 darajada.
  • Surunkali yuqumli kasalliklar: OIV/OITSning 3-4 bosqichi, surunkali Gepatit B va Sning faol bosqichi, o`tkir yuqumli kasalliklar, o`tkir ichak infeksiyalari, o`tkir respirator infeksiyalarining og`ir formalari (pnevmoniya va nevrologik asoratlar bilan kechuvchi), o`tkir o`ta xavfli karantin infeksiyalar.
  • Giyohvandlik.
  • Surunkali buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi.
  • Qandli diabet, dekonpensasiya bosqichidagi og`ir kechuvchi turlari

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1