AsosiySavol-javob

​Kimlar harbiy xizmatdan ozod qilinadi?

'​Kimlar harbiy xizmatdan ozod qilinadi?'ning rasmi

“Turmush o`rtog`im vafot etgan. 1996 yilda tug`ilgan o`g`lim bor, u oilaning yagona boquvchisi sifatida harbiy xizmatdan ozod qilinishi mumkinmi?”

L.Sh.Sirdaryo viloyati

B.MIRSODIQOV, Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig`i:

— O`zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida"gi Qonunining 22-moddasiga asosan, tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:

  • salomatligiga ko`ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;
  • yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o`tash vaqtida halok bo`lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
  • ro`yxatdan o`tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo`lgan chaqiriluvchilar;
  • jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.
  • Boshqa hollarda respublikamizda joriy etilgan chaqiruvga oid me`yoriy hujjatlarda muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan ozod etish ko`zda tutilmagan.

      Boshqa yangiliklar