Madridning "Real" klubi rahbariyati "Monako" hujumchisi Kilian Mbappe bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Marca nashriga asoslanib, Daily Mail xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, 18 yoshli fransiyalik futbolchi Madrid klubi mashg`ulotlar bazasiga kelib muzokaralar o`tkazgan. Ma`lum bo`lishicha, futbolchi “qirollik klubi” bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi va yillik maoshi 6-7 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq, PSJ rahbariyati Mbappe otasi bilan transfer borasida kelishuvga erishganligi aytilgan edi. Futbolchining o`zi esa top klublarning qiziqishiga qaramasdan yana bir yil "Monako"da qolmoqchi. Bunga JCh-2018ga yaxshiroq tayyorgarlik ko`rish asosiy sabab deb qaramoqda.