Roman Abramovich “Chelsi” jamoasining har bir futbolchisiga narxi 9 ming funt sterling bo`lgan qimmatbaho soat sovg`a qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Britaniya nashrlarining yozishicha, klub rahbari shu tarzda jamoa futbolchilarini 1026/17 yil mavsumida Angliya Premer ligasida qozongan g`alabasi uchun rag`batlantirgan. Mazkur soatlar ekslyuziv partiyaga tegishlidir. Bunday soatlar dunyo bo`yicha bor-yo`g`i ikki yuz nusxada chiqarilgan.
So`nggi yillarda Roman Abramovich klubning rivojlanishi uchun 900 million funt sterling mablag` sarflagan. Yaqin kunlarda “oqsuyaklar” arenasi hisoblanmish “Stemford Bridj”da ta`mirlash ishlari boshlanadi. London shahar meri Sodiq Xon stadion ta`mirlash ishlarini qo`llab-quvvatladi.