1

​NIKOH UChUN QANChA BOJ TO`LANADI?

Savol-javob 14.07.2017, 16:41
​NIKOH UChUN QANChA BOJ TO`LANADI?

"Nikohdan o`tishda FHDYoga to`lanadigan davlat boji qancha? Respublika bo`yicha bir xil narxdami?"

Nargiza Sulaymonova, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani

Inom QUDRATOV, Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig`i:

  • FHDYo organlari tomonidan nikohni qayd etganlik uchun "Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 5-bandidagi "a" kichik bandiga muvofiq nikohni qayd etganlik uchun eng kam ish haqining 20 foizi mikdorida davlat boji, 2012 yil 25 apreldagi "Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig`imi mikdorini tasdiqlash to`g`risida"gi 119-son qaroriga muvofik, gerbli guvohnomalar berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida gerb yig`imi, shuningdek Adliya vazirining 2012 yil 15 martdagi 29-son buyrug`i bilan tasdiqlangan FHDYo organlari tomonidan jismoniy shaxslarga pulli xizmat ko`rsatish haqidagi nizomga muvofiq, nikohni sayyor ravishda tantanali qayd etganlik uchun (transport xarajatlaridan tashqari) eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to`lov undiriladi.

Nikohni qayd etganlik uchun to`lovlar barcha FHDYo organlarida mazkur normativ hujjatlarda belgilangan miqdorlarda undiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1