AsosiyDunyo

​AYoL BO`LIB TUG`ILISh DAHShAT SANALGAN 10 MAMLAKAT

'​AYoL BO`LIB TUG`ILISh DAHShAT SANALGAN 10 MAMLAKAT'ning rasmi

Ayollarning ushbu mamlakatlarga bormaganliklari ma`qul! Bu erlarda ayollarni go`yoki umuman inson sifatida qabul qilishmaydi.

21 asr ayoli – bu o`ziga ishongan, jamiyatda o`z mavqeiga ega, go`zal va sog`lom ayoldir. Ammo 3,3 milliardni tashkil qilgan sayyoramiz ayollarning ko`pi juda yomon munosabtlarga duch kelib yashashadi. Quyida xalqaro ekspertlar tomonidan ayollar yashashi uchun eng yomon mamlakatlar deb tan olingan ro`yxat bilan tanishtiramiz.

Iroq


Iroq amerikaliklar tomonidan Saddam Xuseyndan ozod qilinganidan keyin ayollar uchun eng yomon mamlakatga aylandi. Ziyolilik darajasi arab mamlakatlari ichida qachonlardir juda yuqori bo`lgan bu er ayni damda juda past. 2014 yilning ohirida «Islom davlati» jangarilari Iroqda 150 nafar ayolni qatl etishdi.

Pokiston


Ushbu mamlakatning ayrim tumanlarida erkak kishining aybi uchun ham ayolni tahqirlashadi. Bu erda ayollar zo`ravonlik, qo`pol munosabat qurbonlari sanalib, va mamlakatda oilalardagi zo`ravonlikka qarshi hali ham qonunlar yo`q. Bu muammo bilan ayollarning 90 foizi duch keladi.

Hindiston


Hindistonda ayollar umumiy OIV-yuqtirganlarning 39 foizini tashkil qiladi. Hindistondagi ayollarning 70% oiladagi zo`ravonlik qurboni. Ayollarga nisbatan jinoyatlar har uch daqiqada sodir etiladi. Har 29 daqiqada ayol zo`rlik qurboniga aylanadi. O`tgan asrda 50 million qiz o`ldirilgan, 100 million ayol esa odam savdosi qurboniga aylangan. 44,5 foiz qizlar 18 yoshgacha turmushga chiqishadi.

Somali


Somali poytaxti Mogadishoda fuqarolik urushi vaziyatni ayollarga nisbatan tubdan o`zgartirgan. 95 foiz qizlarni 4 dan 11 yoshgacha zo`rlashadi. Parlamentda ayollar 7,5 foiz joy egallaydi. Ayollarning 9 foizigina tibbiyot muassasasida tug`adi.

Mali


Dunyoning eng kambag`al mamlakatlaridan bo`lmish Malida ayollar jinsiy a`zolarining tahqirlanishiga uchraydilar. Aksariyat qizlar bolaligida turmushga chiqishga majbur, har o`ninchi homilador tug`ruq vaqtida yoki homiladorligida vafot etadi.

Gvatemala


Gvatemalaning bechora ayollari oilalarida zo`rliklarga uchrashadi. Shuningdek bu erda OITSning eng yuqori darajasi qayd etilgan.

Sudan


Mamlakatda ayollar foydasiga juda ko`p qonunlar qabul qilingan bo`lsada, Sudan g`arbida ahvol hali hamon juda yomon. O`g`rilash, zo`rlash 2003 yildan buyon milliondan ortiq ayolning o`limiga olib keldi.

Kongo Demokratik Respublikasi


KDR sharqiy qismida urush 3 million insonning hayotiga nuqta qo`ydi. Kongoda ayollar frontning old qismida jang olib borishadi. Ular ko`pincha to`g`ridan-to`g`ri hujumlarga duch kelishadi. Kongoda har kun 1100 nomusga tegish holati qayd etiladi. 57 foiz homilador ayol kam qonlikdan aziyat chekadi.

Afg`oniston


O`rtacha afg`on ayoli 45 yil umr ko`radi. Afg`onistonning aksariyat ayollari omi. Kelinlarning yarmidan ko`pi 16 yoshgacha bo`lgan qizlar. Har yarim soatda tug`ayotgan ayol vafot etadi. Bu onalik o`limi eng ko`p qayd etiladigan dunyo mamlakatlaridan biri.

Chad

Chadda ayollarning mutlaqo huquqi yo`q. Nikohlarning aksariyati 11 — 12 yoshda o`qitiladi. Chada sharqida yashaydigan sudanlik ayollar zo`ravonlikning juda ko`p turlariga duch kelishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar