14.08.2013 22:53
Turmushi yaxshi odamning semirishi aniqlandi
Ortiqcha kilogrammlarning turli kasalliklar bilan aloqasi esa allaqachon hech kimga sir emas. Buyuk Britaniya tadqiqotchilari tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma shuni ko`rsatdiki, uzoq vaqt barqaror munosabatlarda bo`lgan odamlarning 62% semirgan.
Yana 75% o`zlarining turmush o`rtoqlari ortiqcha vazn to`plaganini qayd etgan. So`rov ishtirokchilarining yarmidan ko`pi (56%) esa, ovqatlanish rejimi buzilgani uchun semirganiga ishonchi komil. Asosan bu ayollar bo`lib, ular o`z odatlarini o`zgartirgan va turmush o`rtoqlari nimani iste`mol qilsa, shu bilan oziqlangan.
Respondentlarning uchdan bir qismi oiladagi munosabatlarning barqarorligi tufayli kam harakatli turmush tarzini yurita boshlaganini qayd etgan. Ma`lum bo`lishicha, ular vaqtlarini asosan uyda birgalikda televizorni biror mazali taom tanovul qilgan holda tomosha qilib o`tkazar ekan.