«Lester» nigeriyalik hujumchi Kelechi Iheanacho transferini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
«Tulkilar» hujumchini Angliyaning boshqa bir jamoasi «Manchester Siti»dan xarid qilgan. Futbolchi «Lester» bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.
Uning transferi jamoaga 25 million funt sterlingga tushgan. «Lester» hujumchi 8 raqam ostida to`p suradi.