“Barselona” klubi himoyachisi Tomas Vermalen kataloniyaliklar safini tark etishga juda yaqin turibdi.
Ispaniya nashrlarining xabar qilishicha, 31 yoshli belgiyalik futbolchini vatanidagi “Anderlext” o`z safiga qo`shib olishni ko`zda tutmoqda. Ayni damda tomonlar muzokaralarni olib bormoqda.
Eslatib o`tamiz, Tomas Vermalen o`tgan mavsumni Italiyaning “Roma” klubi safida ijara asosida o`tkazdi.