Avval xabar berilganidek, O`zbekiston Futbol Federasiyasi Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamda Shveysariyaning “Empower Sports” kompaniyasi bilan hamkorlikda Oliy Liga uchrashuvlarini to`g`ridan-to`g`ri Mycujoo.tv saytida translyasiya qilish bo`yicha shartnoma imzolandi.
O`yinlarni onlayn translyasiya qilish bo`yicha Oliy Liga klublari vakillariga tegishli seminar ham o`tkazilib, translyasiya uchun barcha kerakli qo`rilmalar – kamera, telefon va routerlar topshirildi.
Ertaga, 5 avgust kuni Oliy Liga ikkinchi davrasiga start beriladi. 16-turdan o`rin olgan uchta uchrashuv Mycujoo.tv saytida to`g`ridan-to`g`ri namoyish etiladi.
Quyida onlayn namoyish etiladigan o`yinlarning Mycujoo.tv saytidagi havolasi keltirilgan.
5 avgust, shanba
19:00 “Olmaliq” – “Buxoro” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=7701
6 avgust, yakshanba
19:30 “Nasaf” – “Qo`qon-1912” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=7703
7 avgust, dushanba
19:30 “Lokomotiv” – “Mash`al” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=7705