12.11.2013 09:55
O`zbekiston chempioni nomi ma`lum bo`ldi
So`nggi turga kelib “Bunyodkor”, “Nasaf” hamda “Lokomotiv” klublari chempionlik uchun kurash olib borishdi.
“Bunyodkor” mehmonda “Sug`diyona” ustidan 0:2 hisobda g`alaba qozonib, chempionlikka erishdi.
“Nasaf” esa chempionatimizning kuchayib borayotgan jamoalaridan biri “Olmaliq” klubi mehmoni bo`lib, 2:2 hisobida durangga erishishdi va 3-pog`onada qoldi.
“Lokomotiv” klubi “Buxoro” mehmoni bo`lib, 0:1 hisobda g`alaba qozonishdi va 2-o`rin xamda Chempionlar Ligasi yo`llanmasini qo`lga kiritishdi.
Toshkentning yana bir jamoasi “Paxtakor” Namanganda “Navbahor” klubini bilan 2:2 hisobi qayd etdi va 4-o`rin bilan kifoyalandi.
Eslatib o`tamiz, Paxtakor Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida har yili ishtirok etgan yagona jamoa edi, ammo bu yilgi natijaga ko`ra jamoa keyingi yil OChLda ishtirok etmaydi.
Oliy ligani esa “Sho`rtan” hamda “Guliston” klublari tark etishadi.
Barcha uchrashuvlar natijasi bilan tanishing:
Dinamo 2:0 Neftchi
Buxoro 0:1 Lokomotiv
Guliston 2:3 Qizilqum
Sho`rtan 3:3 Metallurg
So`g`diyona 0:2 Bunyodkor
Navbahor 2:2 Paxtakor
Olmaliq 2:2 Nasaf