12.11.2013 09:55
Zinedin Zidan Fransiya termasining bosh murabbiysiga aylanishi mumkin
15 va 19 noyabr kunlari o`tkaziladigan tutash o`yinlarda fransuzlar Ukraina jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Tutash o`yinlardagi mag`lubiyat Fransiya futbol federasiyasi uchun Deshamni ishdan bo`shatishga bahona bo`ladi, deya qayd etadi “ITAR-TASS” agentligi mahalliy OAVga tayangan holda.
Qayd etib o`tamiz, Desham Fransiya terma jamoasiga 2012 yildan buyon rahbarlik qiladi. Zidan esa ayni paytda Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiysi Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida ishlamoqda.