1

​DEHQON XO`JALIGI UChUN AJRATILGAN ERGA UY QURSA BO`LADIMI?

Savol-javob 09.08.2017, 16:16
​DEHQON XO`JALIGI UChUN AJRATILGAN ERGA UY QURSA BO`LADIMI?

"Bir havlida uch aka-uka oilasi bilan yashaymiz. Men to`ng`ich farzandning rafiqasiman. Alohida yashash uchun uy sotib olishga imkoniyatimiz yo`q. Turmush o`rtog`imni nomida 30 sotix dehqon xo`jalik uchun ajratilgan er bor. Shu erga uy qursak bo`ladimi?"

Barno Ibragimova, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani

M.HAYITMURODOV, Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi "Er kodeksi"ning 55-moddasiga asosan dehqon xo`jaligi yuritish uchun beriladigan er uchastkasining o`lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, ilgari berilgan yoki beriladigan er uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Dehqon xo`jaligi yuritish uchun er uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to`g`risidagi"gi Nizom talablari asosida Nizomning 8-bandiga asosan yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi tarkibiga kirmaydigan erlardan belgilangan tartibda faqat O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi.

9-bandiga asosan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 0,04 gektargacha er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1