1

Qandli diabet haqidagi 8 ta afsona

Salomatlik 12.11.2013, 10:51
Qandli diabet haqidagi 8 ta afsona
Diabetga chalingan kishilar to`g`ri ovqatlanishi, to`g`ri davolanishi va qanday hayot tarzini yuritishi kerakligi haqida ko`plab afsonalar mavjud. quyida biz ularning ba`zilari haqida batafsil hikoya qilishga harakat qilamiz.

1-afsona: Diabetga chalingan kishilar shirinlikni umuman tanovul qila olmaydi.Tort bo`lagi yoki pechene salomatligingizga zarar etkazmaydi. Aslida  ikkinchi turdagi diabetga chalingan kishilar normal sog`lom ozuqaga qo`shimcha ravishda muayyan miqdorda shirinlik iste`mol qilishlari mumkin.Rasiondan shirinliklarni chiqarib tashlash zarur chora bo`lmasa ham, ularning iste`molini cheklagan ma`qul, albatta. Bunda shirinliklarni past kaloriyali mahsulotlar, masalan, tovuq to`shi yoki brokkoli karamidan keyin tanovul qilgan ma`qul.
2-afsona: Diabet ko`p miqdorda shirinlik iste`mol qilish tufayli paydo bo`ladi.
Yo`q, shokolad ishqibozlari qandli diabetga chalinishi dargumon. Ushbu kasallik genetik va kishining hayot tarzi bilan bog`liq faktorlar jamlamasidan rivojlanadi. Shulardan biri – ortiqcha vazn. Agar oilangizda kimdir qandli diabetga chalingan bo`lsa, sog`lom mahsulotlarni iste`mol qiling va vaznni nazorat qilib borish uchun jismoniy mashqlarni bajaring.
3-afsona: Diabetga chalingan kishilar maxsus parhezga amal qilishi kerak
Qandli diabetga chalingan kishi uchun sog`lom parhez – bu mutlaqo sog`lom kishi uchun sog`lom parhezning o`zidir. Bunday parhez tarkibida yog`lar, qand va tuz miqdori kam bo`lgan (masalan, bug`da tayyorlangan va yog`sizlantirilgan) mahsulotlardan iborat bo`ladi. Diabetga chalingan kishilarga tavsiya etiladigan mahsulotlarning farqli joyi yo`q. Shu bois ularni qimmat narxlarda sotib olgandan ko`ra, o`zingiz tayyorlaganingiz ma`qul.
4-afsona: Diabetni boshqa kishidan yuqtirish mumkin
Diabet infeksion va yuqumli kasallik emas. Olimlar organizmda diabetga olib keluvchi buzilishlarni nimalar keltirib chiqarishini hamon aniq bilmaydi, biroq diabet boshqa odamga shamollash yoki gripp kabi yuqmasligini aniq biladi. Shunga qaramasdan, ikkinchi turdagi diabet avloddan-avlodga o`tish xavfi mavjud. Shuning uchun, agar oilada kimdir qandli diabetga chalingan bo`lsa, demak shu oila a`zolarida diabet rivojlanishi xavfi ham oshadi.
5-afsona. Diabet asoratlarining oldini olish mumkin emas.
Bu noto`g`ri. Olib borilgan tadqiqotlar diabet asoratlarining oldini olish yoki ularni keyinroqqa cho`zish mumkinligini ko`rsatdi. Buning uchun qondagi glyukozaning muayyan miqdorini ushlab turishga va muntazam ravishda tibbiy ko`rikdan o`tishga harakat qilish kerak. Ikkinchi turdagi diabetga chalingan kishilarning ko`pchiligida arterial qon bosimi va xolesterin miqdori ko`p bo`ladi. Asab tizimi va buyraklar shikastlanishini keyinroqqa cho`zish uchun ushbu parametrlarni kuzatib borish lozim.
6-afsona. Diabetga faqat ortiqcha vaznli kishilar chalinadi
Ha, haqiqatan ham, ikkinchi turdagi diabetga chalingan kishilar ortiqcha vaznga ega va, hatto, semizlikdan aziyat chekadi. Biroq juda ko`plab bemorlarning vazni joyida ekani ham kuzatilgan. Agar o`zingiz yoki yaqinlaringizdan kimdir ozishni istasa, unda jismoniy yuklamani oshirish yoki sog`lom ovqatlanish orqali vaznni tushirish, diabet asoratlarini chekintrishga yordam berishi esingizda bo`lsin.
7-afsona. Diabetga chalingan kishilar sport bilan shug`ullana olmaydi
Aksincha! Jismoniy yuklama diabetni davolashda eng muhim omil hisoblanadi, chunki u insulindan samarali foydalanish va vaznni kamaytirish imkonini beradi. Afsuski, ushbu samarali vositadan hamma ham foydalanmaydi. Diabetga chalingan kishilarda yoshidan qat`i nazar u yoki bu darajada jismoniy yuklama bo`lishi lozim.
8-afsona. Diabetga chalingan kishilar mahkum.
Bu noto`g`ri. Ha, diabet – uzoq kechadigan kasallik, uni to`liq davolab bo`lmaydi. Biroq qonidagi qand miqdorini nazorat qilmaydigan shaxslarda yuzaga keladigan ko`plab ko`ngilsiz asoratlardan qochish mumkin. Diabetga chalingan kishilarning ko`pchiligi faol hayot tarzini yuritadi. Diabet tashhisi – hukm emas, buning ustiga u sayohat qilish, bo`sh vaqtni quvnoq o`tkazish va do`stlar bilan uchrashish imkoniyatini yo`qqa chiqarmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1