1

Aslida foydali bo`lgan 8 ta «zararli» mahsulot

Salomatlik 12.11.2013, 10:59
Aslida foydali bo`lgan 8 ta «zararli» mahsulot
Parhezchilar va olimlar har zamonda u yoki bu mahsulotni tanovul qilishni taqiqlaydi. Balki hammasi ham u darajada yomon emasdir?
1. Qizil go`sht.
Ozishni istovki kishilarning ko`pchiligi “qizil” go`shtdan voz kechadi va “oq” go`shtni iste`mol qila boshlaydi. Ular yog`siz mol go`shti kaloriyasi bo`yicha deyarli tovuq go`shtiday ekanini va unda yog` miqdori juda kamligini bilmaydi ham. Makkajo`xori bilan boqilgan yuz gramm tovuq go`shtida 129 kaloriya va 4,8 gramm yog` bo`lsa, xuddi shuncha yog`siz mol go`shtida 135 kaloriya va bor-yo`g`i 4,5 gramm yog` bor, xolos. Bundan tashqari, tovuq go`shti bilan taqqoslaganda mol go`shti tarkibida tonusni ko`taruvchi temir moddasi uch barobar va immunitet uchun zarur bo`lgan rux moddasi deyarli to`rt barobar ko`p.
2. Oq non.

Salomatlik haqida so`z borganida, ko`proq oq nonga “malomat toshi” otiladi. Biroq ko`pchilik oq non zarur minerallar (kalsiy, temir), V guruhi vitaminlari va aminokislotalar hamda o`simlik oqsilining miqdori bo`yicha chempion ekanini bilmaydi. Bundan tashqari, olib borilgan tadqiqotlar bug`doy tarkibidagi kleykovina uzoq yillar davomida mustahkam sog`liqni ushlab turish uchun zarur modda hisoblanishini ko`rsatdi. Aynan u onkologik va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga samarali qarshilik ko`rsatadi.
Biroq esingizda bo`lsin, oq non qaysi undan tayyorlanishidan qat`i nazar, me`yorida tanovul qilinmasa, uning foydali xususiyati teskari samara berishi mumkin. Shu bois uni boshqa har qanday mahsulot kabi suiste`mol qilmagan ma`qul.
3. Saryog`.
Salomatligimizning yana bir “dushmani” – aslida D, A, E, S, V vitaminlari, kalsiy, fosfolipidlar (hujayralar, ayniqsa asab hujayralari uchun qurilish materiali) va aminokislotalarning ajoyib manbaidir. Tabiiy saryog` teri, sochlar, ko`rish qobiliyati, suyak va mushak to`qimalari uchun juda foydali hisoblanadi. Har kuni yog` yupqa qilib surtilgan ikkita buterbrodni tanovul qilish nafaqat tomirlardagi xolesterin miqdorini ko`paytirmaydi, balki organizmni shifobaxsh antioksidantlar bilan ta`minlaydi ham. 
4. Kartoshka.
Uni bejizga “ikkinchi non” deyishmaydi. O`tkazilgan tadqiqotlar kartoshkaning kaliy manbai ekanini hamda u kletchatka va S vitaminiga boyligini ko`rsatdi. Shu bois uni ikkinchi turdagi diabetga olib keluvchi insulin-rezistentlik rivojlanishida ayblash noto`g`ri. 
Kartoshkada askorbin kislotasidan tashqari, V guruhi vitaminlari, RR, foliy kislotasi, kalsiy, magniy tuzlari, fosfor va, ayniqsa, kaliy moddasi ko`p. Ovqat hazm qilish traktida kartoshka kraxmali tezda oddiy qandga parchalanadi, shu bois u haqda engil o`zlashtiriladigan uglevodli mahsulot deyishadi. Kraxmal kartoshkadan uglevod etkazib beruvchi asosiy modda hisoblanadi va aynan shuning uchun ozishni istovchi kishilar undan “qo`rqadi”. Lekin kartoshka uglevodlari ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta`sir qilishi va “zararli” xolesterin darajasini paysatirishi haqida negadir unutib qo`yishadi. 
5. Sut.
Sut – har qanday yoshdagi odam uchun ozuqaviylik darajasi yuqori bo`lgan, engil o`zlashtiriladigan mukammal oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi.100 g sutda 3 g ga yaqin oqsil, 3,2 g engil o`zlashtiriladigan yog`, kalsiy, fosfor moddalari, A, V va D vitaminlari mavjud. Sutda 250 ga yaqin kimyoviy komponent, shu jumladan 140 ta turli yog`li kislota borligi aniqlangan.
Sut qandi (laktoza) organizmdagi hujayralarning ichki almashinuvida, yurak, buyrak, jigar, bosh miya va asab tizimi faoliyatida qatnashadi.
Har kuni bir litrga yaqin sut ichilganida, u katta kishining yog`, kalsiy, fosfor va riboflavin moddasiga bo`lgan o`rtacha sutkalik ehtiyojini, proteinga bo`lgan ehtiyojning 50 foizini, A vitaminiga bo`lgan ehtiyojning 33 foizini, askorbin kislotasi va tiaminga bo`lgan ehtiyojni, energiyaga bo`lgan ehtiyojning 25 foizini (temir, mis, marans va magniydan tashqari), barcha mineral moddalarga bo`lgan ehtiyojni to`liq qondiradi.
To`g`ri, ayrim kishilarda sut oqsiliga allergiya bor, ba`zilarda esa laktaza etishmovchiligi mavjud. Biroq agar organizmingiz sutni yaxshi ko`tarsa uni har doim ichib yuring!
6. Tuxum.
Oxirgi o`n yil ichida tuxumlar haqida juda ko`p yomon gaplar aytildi. Biroq yaqinda o`tkazilgan ilmiy tadqiqotlar tuxumni rasiondan chiqarib tashlamaslik kerakligini ko`rsatdi. Tuxum tarkibida organizm uchun zarur bo`lgan ko`plab oziqlantiruvchi moddalar, shu jumladan asosiy vitaminlar va minerallar hamda ba`zi kasalliklarda yordam beruvchi antioksidantlar mavjud. Umum qabul qilingan fikrlarga qaramasdan, tuxumlar qondagi xolesterin miqdorini oshirmaydi.
7. Shirin mevalar.
Qand allaqachon eng “zararli” mahsulotlar ro`yxatidan o`rin olib bo`lgan. Ularga shirin mevalarni ham kiritishmoqda. Go`yoki ularning tarkibidagi qand moddasi ortiqcha vaznni keltirib chiqarar emish. Ammo mevalardagi qand moddasi sof ko`rinishda emas, balki o`simlik tolalari bilan birgalikda tanovul qilinadi. Ushbu tolalar qandlarning organizm tomonidan o`zlashtirilish jarayonini va bu bilan qondagi qand miqdorini tartibga soladi. O`simlik tolalari o`ziga xos davolovchi vosita bo`lib, ular fruktozaning organizmda ko`payib ketishiga to`sqinlik qiladi.
Ammo mevalardan osongina semirish ham mumkin. Buning uchun ularni kilogrammlab iste`mol qilish kerak, albatta. Agar kundalik rasioningizga, masalan bir kilogramm qulupnay yoki malina yoki olma qo`shsangiz, unda kuniga “ortiqcha” 300-400 kkal yoki haftasiga qariyb 2,5 ming kkal olgan bo`lardingiz. Ushbu ortiqcha kaloriyalar esa, albatta, “strategik zapasdan” o`rin olardi.
8. Muzqaymoq.
Bu gapga ishonmasligingiz mumkin, ammo parhezchilarning xulosasiga ko`ra, muzqaymoq eng yaxshi desertlardan biri hisoblanadi. Haqiqiy muzqaymoq tarkibida organizm uchun qimmatli bo`lgan yuzga yaqin modda bor. Bular aminokislotalar, turli yog`li kislotalar, mineral tuzlar, turli vitaminlar hamda moddalar almashinuvi uchun juda muhim bo`lgan fermentlardir.
Fransuz va ingliz olimlari tabiiy sut yoki qaymoqdan tayyorlangan muzqaymoq asabiy zo`riqishni olishi, asablarni tinchlantirishi, uyquni yaxshilashi, bezovtalikni kamaytirishini isbotladi. Muzqaymoq tarkibidagi triptofan aminokislotasi serotonin, ya`ni “baxt gormoni” ishlab chiqilishiga ko`maklashadi.
Ba`zi otolaringolog shifokorlar tomoqni past haroratlarga o`rgatish maqsadida o`ziga xos lokal immunitetni hosil qilish uchun muntazam ravishda muzqaymoq iste`mol qilishni tavsiya etadi. Albatta, buni asta-sekin, muzqaymoqni oz-ozdan egan holda qilgan ma`qul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1