AsosiySport

“Lasio” Italiya Superkubogi uchun kechgan o`yinda “Yuventus”ni taslim qildi (Video)

'“Lasio” Italiya Superkubogi uchun kechgan o`yinda “Yuventus”ni taslim qildi (Video)'ning rasmi

Rimdagi “Olimpiko” stadionida “Yuventus” xamda “Lasio” jamoalari o`rtasidagi Italiya Superkubogi uchun kechgan bahs o`z nihoyasiga etdi. Unda rimliklar 3:2 hisobida g`alaba qozonishdi.

Uchrashuv qiziqarli voqealarga boy o`tdi. Muxlislar 7 ta sariq kartochka, 2 ta penalti va 5 ta gol ko`rishdi. 85-daqiqaga qadar “burgutlar” 2:0 hisobida oldinda borayotgan edilar. Biroq Paulo Dibala 90-daqiqaga qadar dubl qayd etib, muvozanatni tikladi.

Hakam tomonidan qo`shib berilgan 3-daqiqada esa Murjia jamoasiga g`alabani va sovrinni taqdim etgan golga mualliflik qildi.

Yuventus – Lasio 2:3 (0:1, 2:2)

Gollar: 0:1 – 32, penalti Immobile, 0:2 – 54 Immobile, 1:2 – 85 Dibala, 2:2 – 90, penalti Dibala, 2:3 – 90 Murdjia.

Yuventus – Buffon, Aleks Sandro, Benatiya (De Shilo, 56), Kellini, Bardzali, Pyanich, Xedira, Kuadrado (Duglas Kosta, 57), Iguain,Mandjukich (Bernardeski, 72), Dibala.

Lasio – Strakosha, de Vrey, Radu, Uolles, Basta (Marushich, 75), Lulich (Lukaku, 75), Leyva (Murdjia, 80), Luis Alberto, Parolo, Milinkovich-Savich, Immobile.

Ogohlantirishlar: Buffon (31), Leyva (41), Mandjukich (52), Lulich (70), Pyanich (73), Parolo (84), Immobile (89).

Boshqa yangiliklar