UEFA Chempionlar ligasi yangi mavsum guruh bosqichida ishtirok etish uchun o`tkazilayotgan saralashning so`nggi bosqich dastlabki uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Xususan, Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" safarda Germaniyaning "Xoffenxaym" klubiga qarshi o`tkazdi. O`z vataniga safar uyushtirgan nemis mutaxassisi yakunda yurtidan g`alaba bilan qaytdi. Yakuniy hisob 1:2.
«Xoffenxaym» – «Liverpul» – 1:2 (0:1)
Gollar: Yut 87 — Arnold 35, Milner 74
«Xoffenxaym»: Baumann, Suber, Xyubner, Fogt, Bichakchich (Nordtveyt 52), Kaderjabek, Demirbay, Rupp (Amiri 53), Gnabri (Yut 70), Kramarich, Vagner.
«Liverpul»: Minole, Moreno, Lovren, Matip, Arnold, Veynaldum, Xenderson (Milner 63), Jan, Mane, Firmino (Solanke 84), Salax.
Ogohlantirishlar: Bichakchich 34, Jan 51, Arnold 55, Xyubner 76.