AsosiySport
3001

GERMANIYa. “BAVARIYa” MAVSUMNI IShONChLI G`ALABA BILAN BOShLADI

'GERMANIYa. “BAVARIYa” MAVSUMNI IShONChLI G`ALABA BILAN BOShLADI'ning rasmi

Myunxendagi “Alyans-Arena” stadionida Germaniya Bundesligasi 1-turidan o`rin olgan “Bavariya” xamda “Bayer” jamoalari o`rtasidagi bahs bo`lib o`tdi. Unda amaldagi chempion 3:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Zyule hisobni ochdi. Oradan yana 9 daqiqa o`tib esa Tolisso hisobni ishonchli ko`rinishga olib keldi.

52-daqiqada Levandovski penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni yirik ko`rinish hosil qilishini ta`minladi. Biroq Mexmedi tomonidan kiritilgan javob goli mehmonlarni yirik mag`lubiyatdan saqlab qoldi – 3:1.

Bavariya – Bayer 3:1 (2:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 9 Zyule, 2:0 – 18 Tolisso, 3:0 – 52, penalti Levandovski, 3:1 – 65 Mexmedi.

Bavariya – Ulrayx, Xummels (Rafinya, 62), Zyule, Alaba, Tolisso, Kimmix, Vidal, Rudi, Riberi (Koman, 77), Myuller (Robben, 61),Levandovski.

Bayer – Leno, Ta, Vendell, Xenrixs, Belarabi, Bender (Dragovich, 46), Arangis (Kampl, 61), Kor, Beyli (Brandt, 46), Mexmedi, Folland.

Ogohlantirishlar: Kor (8), Arangis (52), Vidal (63).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar