20.11.2013 18:06
Chexiyalik tennischilar Devis Kubogi sohiblari nomini himoya qildi
Sayyoraning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich boshchiligidagi Serbiya terma jamoasi o`zining chexiyalik raqiblariga 2:3 hisob bilan o`yinni boy berdi.
Hal qiluvchi ochkoni chexlarga Radek Shtepanek olib keldi, u beshinchi o`yinda Dushan Layovichni 6:3, 6:1, 6:1 hisob bilan mag`lub etdi.
Bundan oldin Jokovich ketma-ket Shtepanek va Tomash Berdixni mag`lubiyatga uchratgandi. Berdix esa, o`z navbatida, mezbonlarning ikkinchi raketkasi Dushan Layovichdan kuchliroq ekanini ko`rsatdi. Shuningdek, chexlar juftliklar uchrashuvlarida ham g`olib chiqdi.
Shu tariqa, chexlar o`z tarixida uchinchi bor va ketma-ket ikkinchi marta ushbu nufuzli mukofotni qo`lga kiritdi. O`tgan yili ular 1980 yildan buyon ilk bor eng yaxshi tennischilar ekanini isbotlagandi.