20.11.2013 18:43
Qutqaruvchilar jonivorni qiyin ahvoldan qutqarib qoldi (VIDEO)
Xususan, floridalik o`t o`chiruvchilar bankaning ichidan ovqat qoldiqlarini olishga urinib, uning ichidan chiqolmay qolgan jonivorning hayotini saqlab qoldi. Qutqaruvchilarni bankaning yonidan o`tib ketayotgan jurnalist chaqirgan, deya xabar beradi "Mirror” nashri.
Hayot uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan hayvonni Mayamida istiqomat qiluvchi jurnalist Karlos Suarez ko`rib qolgan. Mettison Xemmok shahri istirohat bog`ida yashaydigan ushbu jonivor shisha bankadan chiqishga urinayotgan bo`lgan. Unga qanday yordam berishni bilmagan jurnalist o`t o`chiruvchilarni chaqirgan.
Suarez qutqaruvchilar juda kech kelishidan qo`rqqan, biroq ular juda tez etib kelib, hayvonni ozod etgan. Karlos Suarez esa bu haqda lavha tayyorlagan, uni mahalliy televidenie orqali namoyish etishgan.





