UEFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan hamda o`tgan mavsumda EChLning eng yaxshi hujumchisiga aylangan Madridning “Real” jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu navbatdagi muvaffaqiyatlaridan so`ng o`z fikrlarini bildirdi.
“Mening vazifam – imkoni boricha barcha sovrinlarni yutish. Terma jamoa safidami yoki klubda, farqi yo`q. Yillar davomida bu vazifa o`zgarmaydi. Uchinchi bor UEFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganimdan xursandman.
Jamoadoshlarimni ham qo`lga kiritilgan yutuq va mukofotlar bilan tabriklayman. Men juda baxtiyor insonman. Bizni doim qo`llab-quvvatlaydigan “Real” muxlislariga ham rahmat aytaman", – dedi 32 yoshli futbolchi.