AsosiySport

TOShKENTDA BAHODIR IBROHIMOV XOTIRA TURNIRI BO`LIB O`TDI

'TOShKENTDA BAHODIR IBROHIMOV XOTIRA TURNIRI BO`LIB O`TDI 'ning rasmi

Shu yilning 20–25 avgust kunlari O`zbekiston Futbol Federasiyasining sun`iy qoplamali maydonida “Paxtakor” klubining sobiq futbolchisi, sport ustasi Bahodir Ibrohimov xotirasiga bag`ishlangan IV Respublika turniri bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Futbol Federasiyasi, O`zbekiston Futbol Faxriylari Kengashi hamda “Paxtakor” klubi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada respublikaning turli viloyatlaridan 2004 yilda tug`ilgan futbolchilardan tashkil topgan jami 13 jamoa – “Paxtakor”, “Jizzax”, “Marg`ilon”, “Sho`rchi”, “Bunyodkor”, “Qo`qon”, “Urganch”, BO`SM-16, “Buxoro”, “Chinoz”, “Lokomotiv”, “Yangier” va “Jarqo`rg`on” ishtirok etdi.

Guruh bosqichida birinchi o`rinni qo`lga kiritgan “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Chinoz” va “Yangier” jamoalari yarim finalga yo`llanma oldi. Dastlabki yarim finalda “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari “Chinoz”ni 4:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, finalga yo`l oldi. Ikkinchi yarim finalda “Yangier” jamoasi “Bunyodkor”ni 3:1 hisobida taslim qilib, final yo`llanmasiga ega bo`ldi.

Bahodir Ibrohimov xotira turniri
24 avgust, payshanba
Yarim final uchrashuvlari

“Paxtakor” – “Chinoz” 4:1

“Bunyodkor” – “Yangier” 1:3

Uchinchi o`rin uchun kechgan bahsda “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari “Chinoz”ni 3:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Final bellashuvida “Paxtakor” 3:1 hisobida “Yangier”dan ustun kelib, bosh sovringa ega bo`ldi.

25 avgust, payshanba
Uchinchi o`rin uchun bahs

“Bunyodkor” – “Chinoz” 3:2

Final

“Yangier” – “Paxtakor” 1:3

Turnirning yopilish marosimida O`FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, O`zbekiston Futbol Faxriylari Kengashi raisi Narimon Jalolov, Kengash raisi o`rinbosari To`lagan Isoqov, faxriy futbolchilar Axrol Inoyatov, Vyacheslav Soloxo, Valentin Shtern, Shamil Yafarov ishtirok etib, g`olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg`alarini topshirdi.

Boshqa yangiliklar