AsosiySport

“REAL MADRID” O`Z UYIDA “VALENSIYa”NI ENGA OLMADI (VIDEO)

'“REAL MADRID” O`Z UYIDA “VALENSIYa”NI ENGA OLMADI (VIDEO) 'ning rasmi

Ispaniya chempionatining 2-turidan o`rin olgan "Real" Madrid hamda "Valensiya" klublari o`rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi.

Qiziqarli kechgan bahsda tomonlar darvozalarni ikki martadan o`qqa tutishdi. Madridliklarning ikki golini ham afsanaga aylanishi kutilayotgan Asensio kiritdi.

"Valensiya" tarkibida Soler va Kondogbia o`z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo`yishdi. Mazkur g`alaba "Real"ga bir ochko taqdim etdi va chempionatdagi etakchilik "Barselona" qo`liga o`tdi.

Real Madrid – Valensiya 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 10 Asensio, 1:1 – 18 Soler, 1:2 – 77 Kondogbia, 2:2 – 83 Asensio.

Real Madrid – Navas, Karvaxal, Kazemiro, Nacho, Marselo, Modrich, Kroos (Mayoral, 84), Isko (Kovachich, 46), Beyl (Vaskes, 74), Benzema, Asensio.

Valensiya – Neto, Montoyya (Nacho Vidal, 75), Ruben Vezu, Murilo, Toni Lato (Nacho Xil, 83), Soler, Parexo, Kondogbia, Gayya, Dzadza, Rodrigo (Santi Mina, 88).

Ogohlantirishlar: Montoyya (49), Nacho (53), Kazemiro (61), Parexo (66), Karvaxal (72), Rodrigo (81), Soler (84), Dzadza (90).

Boshqa yangiliklar