AsosiyJamiyat

Toshkentda «Agro Food – 2013» ko`rgazmasi ish boshladi

Poytaxtimizning“O`zko`rgazmasavdo” markazida bog`dorchilik, polizchilik, asalarichilik va gulchilik sohasidagi
«Agro Food – 2013» xalqaro ko`rgazmasi ish boshladi.

 
Tadbir
tashkilotchilari sifatida O`zbekiston Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Fermerlari
kengashi, “O`zvinosanoat”, “O`zkimyosanoat” kompaniyalari, O`zbekiston oshpazlar uyushmasi,
Oziq-ovqat  sanoati korxonalari uyushmasi,  Butunjahon polizchilik markazi ishtirok etishdi.
 
Qoraqalpog`iston
Respublikasi va viloyatlardan kelgan ilg`or fermerlar,  asalarichilar, gulchilar, agrofirmalar rahbarlari,
Xitoy, Isroil, Qozog`istondan tadbirkorlar ishtirok etayotgan mazkur ko`rgazma qishloq
xo`jaligi sohasidagi innovasion texnologiyalar, bog`dorchilik, polizchilik, asalarichilik
va gulchilik yo`nalishidagi ilmiy ishlanmalarni keng targ`ib va joriy etishga qaratilgan.
 
Landshaft dizayni bo`yicha texnologiyalar, zamonaviy
issiqxonalar,  quyosh yordamida quritiladigan
moslamalar, organik va mineral o`g`itlar, uzumchilik, asalarichilik mahsulotlari namoyish
etilayotgan ko`rgazmada meva va sabzavotlarning eng yaxshi navlari, sitrus va manzarali
daraxt turlari bilan tanishish mumkin.
 
Ko`rgazma doirasida milliy va xalqaro tashkilotlar
tomonidan qator yo`nalishlar bo`yicha, jumladan, mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash
va eksport qilishga doir bir qator loyihalar taqdimoti o`tkaziladi. 
 

    Boshqa yangiliklar