- Uzum mevasi A, S, V6 vitaminlariga boy. Shuningdek, kaliy, kalsiy, temir, fosfor, magniy va selen moddalari ham talaygina. Ushbu foydali birikmalar yurakka quvvat bo`lib, immunitetni mustahkamlaydi.
- Uzum danagida A va E vitaminlari bo`lib, mevasi bilan birga eyilganda organizmni yoshartiradi.
- Ba`zilar uzum po`stini yoqtirishmaydi. Aslida esa aynan po`sti bilan iste`mol qilinsa, ichaklarda tiqin hosil bo`lishining oldini oladi.
- Uzum ishtahani yaxshilaydi. Uyqusizlik, ishtaha yo`qolishi kabi holatlarda qora uzum sharbati yoki mevasi ayni muddao.
- Uzumning qora navi buyrak va jigarni a`lo darajada tozalaydi. Husayni navi esa o`t pufagida tosh yiјilishida ko`makchi vositadir. Shuningdek, peshob haydash xususiyatiga ham ega.
- Foydali bo`libgina qolmay, uzumning ham nojo`ya ta`siri bo`lishi mumkin. Masalan, allergik holatlarga moyilligi borlar uchun qora nav uzum tavsiya etilmaydi.
- Tarkibidagi antioksidantlar hisobiga bir bosh uzum mevasi asabni tinchlantiradi. Ayniqsa, uyqu oldidan ozroq uzum eyilsa, xotirjamlikka erishasiz.
- Bu meva nafas yo`llari va o`pka xastaliklarida ham asqotadi. Shu bois astmaga chalinganlarga vaqti-vaqti bilan uzum iste`mol qilish tavsiya etiladi.
- Tavsiya etilmaydi: qandli diabet, oshqozon-ichaklardagi muammolar, semizlik, hazm faoliyati buzilganda.
28.08.2017 09:58
UZUMNING 9 FOYDASI






