21.11.2013 11:57
Oybek va Nigora tarqaldi...mi?
bo`lishmoqda. Xo`sh aslidachi?
“To`g`ri, ayrim qo`shiqlarni yakka xolda kuylayotgan bo`lishimiz mumkin. Lekin bu — Oybek va Nigora tarqaldi, degani emas”, deydi Oybek.
Juftlik “Omon-Omon” qo`shig`i ijodkorlariga qayta murojaat qilib, “Kechir” nomli yangi qo`shiq yozishdi. Premera esa tez kunlarda! "Ayrimbi" va rep yo`nalishi uyg`unligidagi bu qo`shiqning musiqa va she`r muallifi Oybekkaning o`ziga, oranjirovkasi esa Sherzod Nabievga tegishli.
Ijod boshlaganlariga o`n yil to`lganligi munosabati bilan Oybek va Nigora “Istiqlol” san`at saroyida konsert berishni rejalashtirgan. Nigora rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olinayotgan filmda suratga tushish uchun tayyorgarlik ham ko`ryapti.
Kinokartinaning ishchi nomi sir tutilyapti. Nigora bu gal bosh rolni ijro etmaydi. Sababi, filmda bosh rolning o`zi yo`q.





