AsosiySUG'DIYONA

«UZUMZOR» TORTI — TUG`ILGAN KUNLARGA MUNOSIB TUHFA

'«UZUMZOR» TORTI — TUG`ILGAN KUNLARGA MUNOSIB TUHFA'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 75 gr. shakar, 50 grammdan un va kraxmal, 2 dona tuxum, 8 osh qoshiq o`simlik yog`i, 3 osh qoshiq sut, 2 choy qoshiq xamir yumshatgich; kremiga: 450 gr. tvorog, 400 gr. uzum, 375 ml. yogurt, 250 ml. qaymoq, 175 gr. shakar, 100 gr. yong`oq, 20 gr. jelatin, 1 ta limon sharbati.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni shakar bilan ko`pirtirib, o`simlik yog`i, sut, un, xamir yumshatgich va kraxmal qo`shib, xamir tayyorlang.

2. Aylana shakldagi qolipga xamirni solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo`ying.

3. Sovuq suvga jelatinni solib iviting. Uzum mevasi donalarini o`rtasidan ikkiga bo`ling. Danaklarini olib tashlang.

4. Tvorog, shakar, limon sharbati va yogurtni aralashtiring. Qaymoqni ko`pirtirib, jelatin bilan birga kremga qo`shing.

5. Korj ustiga kremdan solib, uzum donalarini tering. Keyin qolgan kremni ham solib, yuzini maydalanga yong`oq va uzum donalari bilan bezating. Dasturxonga tortishdan avval 1-2 soat muzlatkichda qo`ysangiz bo`ladi.

4 kishilik

1 soat.

    Boshqa yangiliklar