AsosiyShou-biznes

2013 yilning eng ko`p daromad olgan xonandalari

Amerikaning“Forbes” jurnali 2013 yilning eng ko`p daromad olgan xonandalari ro`yxatini tuzdi.

Reytingda birinchi o`rin 125 million dollar yillikdaromadi bilan Madonnaga berildi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar Ledi Gaga ($80 mln) va Bon Joviga ($79 mln) nasib etdi.
Ro`yxatga jami 25 ta xonanda kirdi. Birinchi o`ntalikdan, shuningdek, Tobi Kit ($65 mln), “Coldplay” rok-guruhi ($64 mln), Jastin Biber ($58 mln), kantri-xonanda Teylor Svift ($55 mln), Elton Jon ($54 mln), Beyonse ($53 mln) va kantri-musiqa ijrochisi Kenni Chesni ($53 mln) ham o`rin oldi. Madonna, Ledi Gaga va Bon Jovi olgan daromadlarning asosiy manbai sifatida konsertlar ko`rsatilmoqda. 

“Forbes” nashri xonandalarning 2012 yil 1 iyundan 2013 yil 1 iyunga qadar olgan daromadini baholagan. Reytingni tuzishda “Pollstar”, “RIAA” agentliklari va boshqalardan, ya`ni  romouterlar, yuristlar, prodyuserlar hamda xonandalarning o`zidan olingan ma`lumotlar foydalanildi. 

    Boshqa yangiliklar