AsosiySport

O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI XITOYGA JO`NAB KETDI

'O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI XITOYGA JO`NAB KETDI 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 9-turidan o`rin olgan Xitoyga qarshi bahsni o`tkazish uchun Uxan shahriga yo`l oldi.

Bosh murabbiy Samvel Babayan 31 avgust kuni bo`lib o`tadigan o`yinga 24 nafar futbolchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo`qon-1912”);

Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Sherzod A`zamov (“Paxtakor”), Egor Krimes (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv” Toshkent);

Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmaev (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”, Toshkent);

Hujumchilar: Temurxo`ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog`iston).

Eslatib o`tamiz, Xitoy – O`zbekiston uchrashuv 31 avgust kuni Toshkent vatqi bilan 17:00 da boshlanadi. “A” guruhi etakchilari Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari o`rtasidagi o`yin parallel ravishda boshlanadi.

Boshqa yangiliklar