Tojikistonning G`issor shahrida Markaziy Osiyo Futbol Assosiasiyasi bayrog`i ostidagi CAFA U-15 Girls xalqaro musobaqasi davom etmoqda.
Ikkinchi turda O`zbekiston qizlar termasi Qirg`iziston vakilalari bilan bahs olib borib, 3:0 hisobidagi yirik g`alabani tantana qildi. Turning yana bir o`yinida Eron va Tojikiston U-15 qizlar termasi o`zaro kuch sinashadi.
Eslatib o`tamiz, 1-turda Karima Yo`ldosheva shogirdlari mezbon Tojikiston bilan to`qnash kelib, 8:2 hisobida g`alaba qozongan edi. Eron va Qirg`iziston esa nursiz durang qayd etgandi.
CAFA U-15 Girls Tournament
G`issor, Tojikiston
28 avgust, dushanba
O`zbekiston – Qirg`iziston 3:0
Ma`lumot uchun, Karima Yo`ldosheva bosh murabbiyligidagi O`zbekiston qizlar termasi ertaga, 29 avgust kuni Eronga qarshi bahs olib boradi.
29 avgust, seshanba
19:00 O`zbekiston – Eron
22:00 Tojikiston – Qirg`iziston
Foto: Tojikiston FF