Biroq issiq choyli chashka kompyuter yonida to`kilib sinsa,bu balo-qazoning naqd o`zginasi bo`ladi. Barcha beso`naqaylar uchun “Smartgrip” kompaniyasi “Mighty Mug” termo-chashkasini taklif etadi. Undagi suyuqlikni to`kib yuborish amrimahol.
Uning turg`unligiga chashkaning tubiga qo`yilgan maxsus vakumli tizim sababchi. Chashkani osonlik bilan stoldan olish mumkin, chunki uni stolga mahkamlovchi moslamalar chashkaning tutqichi bosilishi bilan o`chadi. Ushbu chashkaning hajmi 0,47 litrni tashkil etadi, bu katta
kishining bir kunlik qahva me`yori hisoblanadi.
Aytganday, “Mighty Mug” chashkasida bola uchun iliq sutni saqlash mumkin, buning ustiga turg`un idish bolaga ichimlikni to`kib yuborish imkonini bermaydi. Biroq uni idish yuvish mashinasida yuvish mumkin emas.
Ishlab chiqarishda biologik parchalanadigan materiallarning foydalanishi va cheklangan kafolat "Mighty Mug” modelini zamonaviy jamiyat uchun talabgir qiladi. Ishlab chiqaruvchilar vakuumli tizim faqat tekis yuzada ishlashi haqida ogohlantiradi.





