1

London Amerikaga britaniyaliklarni kuzatishga ruxsat berdi

Dunyo 22.11.2013, 11:37
London Amerikaga britaniyaliklarni kuzatishga ruxsat berdi
AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) Buyuk Britaniya maxsus xizmati bilan shartnoma tuzdi.

Unga ko`ra, MXA Britaniya fuqarolarini yashirin kuzatish huquqiga ega bo`ldi. Buhaqda MXAning sobiq xodimi Edvard Snouden tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga tayangan holda "The Guardian” nashri ma`lum qiladi.

Gazeta tarqatgan xabarga ko`ra, MXA va Britaniya hukumat aloqasi markazi (GCHQ) orasidagi bitim doirasida Amerika idorasining xodimlariga elektron xatlar, IP-manzillar hamda
Britaniya fuqarolarining telefon suhbatlarini kuzatish va tahlil qilishga ruxsat
berdi. OAVda nashr etilgan hujjatlarga muvofiq maxsus xizmatlar orasidagi
shartnoma 2007 yilda tuzilgan.

Bundan oldin Britaniya fuqarolarini bu tarzda yashirin kuzatish taqiqlangan degan fikr mavjud edi. Shu o`rinda AQSh va Buyuk Britaniya “Besh ko`z ittifoqi” (Five Eyes, FVEY) a`zolari ekanini qayd etish joiz. Mazkur ittifoq doirasidagi hamkorlik razvedka idoralarining o`zaro yaqin aloqasini hamda ittifoqqa kirmaydigan mamlakatlarga tegishli maxfiy ma`lumotlar bilan faol almashinuvni ko`zda tutadi. Bunda “FVEY”ning ishlash tamoyillari AQSh va Buyuk Britaniya fuqarolarining, shuningdek, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya alyansiga kiruvchi fuqarolarning o`zini biror bir tarzda kuzatishni taqiqlaydi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1