1

Erkaklar ishsiz tezda keksayadi

Dunyo 22.11.2013, 12:16
Erkaklar ishsiz tezda keksayadi
2 yildan ko`p ishsiz yurgan erkaklar o`z tengdoshlariga qaraganda tezroq qarishi aniqlandi.

Ma`lum bo`lishicha, ishsizlik DNK molekulalaridagi “telomer”larning (xromosomalar uchidagi sohalar – tah.izohi) qisqarishiga olib kelar ekan. Xromosomalarnig ushbu sohalari hujayralarning normal bo`linishi uchun javob beradi. Ularning qisqarishi esa organizmning keksayish sababi hisoblanadi.

O`zini kasb sohasidanamoyon etish va salomatlik orasidagi ushbu bevosita aloqa London Imperiya kolleji biologlari tomonidan aniqlandi. Ular 1966 yilda tug`ilgan finnlarning 5 mingdan ziyod DNK namunalarini o`rganib chiqdi. Tadqiqot davomida 2 yildan ko`p ishsiz yurgan erkaklarda “telomerlar” qisqaroq ekani ma`lum bo`ldi. Biroq bunday effekt ayollarda kuzatilmagan. Ayollar nega ishsizlikdan qarimasligini hozircha olimlar aniqlay olgani yo`q.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1