1

Tokio avtosaloni yangiliklari (FOTO)

Dunyo 22.11.2013, 13:10
Tokio avtosaloni yangiliklari (FOTO)
Tokioda “TOKYOMOTOR SHOW 2013” 43-Xalqaro avtomobil ko`rgazmasi boshlandi.

Unda turlimamlakatdan tashrif buyurgan 177 ta ishtirokchi o`z mahsulotlarini taqdim etdi.
“TOKYO MOTOR SHOW 2013”da jahonga mashhur brendlarning avtomobillaridan tortib, to ehtiyot qismlarigacha namoyish etiladi.   
 
Lexus RC 300h avtomobili.




“Toyota” kompaniyasining uch g`ildirakli konseptual FV2 elektromobili.





“Fuji Heavy Industries” kompaniyasining prezidenti va bosh ijrochi direktori Yasuyuki Iosinaga ko`rgazmada “Subaru LEVORG” prototipini taqdim etmoqda. U kelasi yil bahorda sotuvga chiqariladi. 





Ko`rgazma mehmonlariva mutaxassislariga yangi engil va yuk avtomobillari, maxsus transport, avtobuslar, sportkarlar va motosikllarni baholash kabi noyob imkoniyatni taqdim etadi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar turli marka va modellardagi avtomototexnika, avtoelektronika, avtokimyo uchun mo`ljallangan ehtiyot qismlar hamda ta`mirlash ustaxonalari uchun uskunalar sohasidagi yutuqlar bilan tanishishi mumkin. Fotosuratda: "Toyota Aqua” avtomobilining karkasi.




Model 1924 yildachiqarilgan universal besh tonnalik yuk mashinasi bo`lgan “Wolseley CP”ning yapon versiyasi fonida turibdi.





"Nissan Motor Co” kompaniyasining “Blade Glider” konsept-kari.




 
"Honda Motor” kompaniyasi vakillari “Honda S660” kompakt sport rodsteri modelini namoyish etmoqda. 





Nissan Nismo




“TOKYOMOTOR SHOW 2013” Xalqaro avto-moto shousi Yaponiya poytaxtida 1954 yildan buyon o`tkazib kelinadi. U har safar katta muvaffaqiyat bilan o`tishi haqida gapirmasa ham bo`ladi. Masalan, 2007 yilda ko`rgazmaga 1,4 million kishi tashrif buyurgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1