1

Indoneziyada stressdan xalos bo`lishning g`aroyib usuli topildi

Dunyo 22.11.2013, 15:19
Indoneziyada stressdan xalos bo`lishning g`aroyib usuli topildi
Jakartadagi spa-salonlardan biri o`z mijozlariga stressdan xalos bo`lishning
g`aroyib usulini taklif etmoqda.


Ushbu usul ilonlardan foydalanishni ko`zda tutadi.Salon xodimlarining ta`kidlashicha, mijozlarning tanasi bo`ylab sudralayotgan ilonlar sababli organizmda qo`rquv natijasida hosil bo`ladigan kuchli adrenalin tufayli surunkali toliqish va stress sanoqli daqiqalar ichida yo`qolar ekan.

Ilonlar“massaji”ning davomiyligi bir soatga yaqin bo`lib, bunda salon xodimlari charchagan
va harakatlanishga qiziqishini yo`qotgan ilonlarni muntazam ravishda yangilari bilan almashtirib turishi lozim.

Ilonlar oldidagiqo`rquv odamlarning qon-qoniga singib ketgan, ya`ni u genetika darajasida mavjud, shu bois ilonlarni ko`rishi bilan eng jasur mijozlarning organizmida ham darrov
adrenalin gormoni ajralib chiqa boshlaydi. Bu esa, o`z navbatida, metabolizm jarayonlarini tezlashtiradi va organizmning tonusini oshiradi.

Salon xodimlariningso`zlariga ko`ra, ushbu ekzotik prosedura o`z muxlislarini topishga ham ulgurgan. Mijozlar ilonlar “massaji” seanslariga oldindan yozilib qo`ymoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1