AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda chaqaloq sotayotgan “tadbirkor” ginekolog qo`lga olindi

Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda yangi tug`ilgan chaqaloqni 1000 AQSh dollariga sotayotgan ginekolog jinoyat ustida qo`lga olingan.

Jinoyatchi M.Ro`zieva «YOQUT SHIFO DAVO» shaxsiy  klinikasida ginekolog sifatida faoliyat yuritgan, deb xabar beradi O`zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, M.Ro`zieva jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudining ajrimiga asosan qamoqqa olindi.
 
Ayni damda tergov harakatlari davom etmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar