1

NASA olimlari Koinotda yorqin portlashni kuzatdi

Dunyo 23.11.2013, 10:30
NASA olimlari Koinotda yorqin portlashni kuzatdi
NASA mutaxassilari Arslon yulduzlar turkumida yuz bergan elektromagnit nurlanishning misli ko`rilmagan tashlanishini qayd etdi.

Koinotdagi eng yorqin portlashni oddiy durbin orqali hamko`rish mumkin edi. 
Ushbu voqea 27 aprel kuni sodir bo`ldi. 21 noyabr kuni o`tkazilgan matbuot anjumanida esa NASA astrofizika boshqarmasining boshlig`i Pol Gers oxirgi 100 yil ichidagi eng kuchli portlash o`sha turkumdagi yulduz halokati va Erdan 3,8 milliard yorug`lik yilida joylashgan galaktikada qora tuynuk paydo bo`lishi oldidan sodir bo`lganini ma`lum qildi. 

Uning so`zlarigako`ra, juda katta miqdordagi energiyaning tashlanishi gravitasion kollaps, ya`ni termoyadroviy reaksiyalar uchun materiali qolmagan “yulduz halokati” natijasida yuz bergan. Mexanik turg`unligini yo`qotgan va markazga qarab siqilgan yulduz massiv qora tuynukka aylangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1