Agamurodov nima sabab o`z lavozimidan ozod etilgan?

Sport 23.11.2013, 12:11
Agamurodov nima sabab o`z lavozimidan ozod etilgan?
10 Noyabr kuni “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiysi Tachmurod Agamurodov o`z lavozimidan ozod etilgan edi.

O`tgan mavsum 7-pog`onada yakunlargan “Buxoro”  bu mavsumda Tachmurod Agamurodov boshchiligida 6-pog`onada yakunladi.

Biroz vaqt o`tgach esa Agamurodov aynan nima sabab ishdan ozod etilganini OAV vakillariga bergan intervyusida aytib o`tdi.  

Agamurodov jamoadan ketganligining sababi asosan Kochnev bilan bog`liqligini aytib o`tgan.
Uning so`zlariga ko`ra, rahbariyat  yosh futbolchilarni muntazam ravishda maydonga tushirishni talab qilgan. O`sha yosh futbolchilar orasida Gennadiy Kochnevning o`g`li ham bo`lgan. Agamurodov asosiy tarkibga tortmaydigan o`yinchilarni tushirmagan va shu tufali rahbariyat uni o`z lavozimidan ozod qilgan.     

Ushbu masala buyicha Gennadiy Kochnev  kuni kecha pfkbuxoro.uz saytiga intervyu berdi.

- Gennadiy Gennadievich,yaqinda Tachmurod Agamurodovning intervyusi chiqdi, o`qidingizmi? Bu gaplar asoslimi?
- Ha, o`qidim. Ochig`ini aytsam, bu gaplarni eshitib hayron qoldim. Nafaqat men, balki rahbariyat ham hayrat bilan ushbu xabarni qabo`l qildi. Nahotki, inson shu darajada o`z aybini bo`yniga ola bilmasa? Nahotki, “Buxoro” klubining rahbarlari Agamurodov ko`rsatgan sabablar tufayli uni lavozimidan bo`shatadi? To`g`ri men Tachmurod Shamakovich bilan bu mavzuda gaplashganman. Men o`zim buxorolikman va Buxoro futboli kelajagi meni befarq qoldirmaydi. Buxoroda talantli futbolchilar juda ko`p. Xususan, o`rinbosarlar tarkibida mixlanib qolgan kelajagi porlok futbolchilarimiz ham ko`p. Men unga hech bo`lmaganda ularga imkoniyat berishini so`radim, xolos.

Buxoro futboli mamlakatimizda o`z o`rniga va mavqeiga ega. Azaldan “Buxoro” klubi o`zbek futboliga ko`plab talantlarni etishtirib berardi va doimiy ravishda mahalliy futbolchilar bilan aloqada bo`lib kelar edi. Lekin aynan shu yil ushbu aloqa uzildi. Shahzod
Sulaymonov, Jamshid Hasanov, Aziz Murodov hozirgi kunda ayni kuchga to`lgan davrlari, ularga ishonish kerak, imkoniyat yaratish kerak.

Men aminman-ki, yuqorida sanab o`tgan yosh futbolchilar ayrim jamoalardan ijara asosida “Buxoro”da tup surganlardan hech ham qolishmaydi. Yil davomida hatto muxlislar ham “Nega
maxalliy futbolchilarning hammasi yo`qolib boryapti?” degan savollar ko`p bora yangradi.

Buxoroda o`tgan “Guliston”ga qarshi o`yinning so`nggi daqiqalarida jahon chempionati ishtirokchisi Azizbek Murodov maydonga tushurildi. U deyarli to`p bilan muomala qilmay, o`yin yakunlandi. O`yindan so`ng Murodovning ko`zi tula yosh edi. Bu ko`z yoshlar alam ko`z yoshlaridir. Kelajak yoshlar qo`lida deymiz, lekin nega ularga ishonch va imkoniyat bermaymiz?

- Agamurodovning lavozimidan bo`shashish sabablari bular bo`lmasa, unda nima sababdan rahbariyat uning xizmatlaridan voz kechdi?
- Yana qaytaraman, hech qanaqa rahbariyat bu sabablar tufayli murabbiyni ishdan bo`shatmaydi. Buning sababi umuman boshqa. Chempionatning so`nggi turlarida “Buxoro” jamoasi ketma-ket mag`lubiyatga uchradi. Bu o`yinlarni rahbarlar, homiylar va muxlislar o`z ko`zlari bilan ko`rishdi, hattoki Navoiyda ko`plab buxorolik muxlislar bor edi va ushbu mag`lubiyatni va o`yinni o`z ko`zlari bilan ko`rishdi.

Shuning uchun Tachmurod Agamurodovning “Buxoro” bosh murabbiyi lavozimidan chetlatilishining sababi deb jamoaning so`nggi o`yinlarda qoniqarsiz natija qayd etishi va eng asosiysi o`yin sifati yo`qolganligi bilan izohlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1