1

Xitoyda neft quvurining portlashi 35 kishining hayotiga zomin bo`ldi

Dunyo 23.11.2013, 12:59
Xitoyda neft quvurining portlashi 35 kishining hayotiga zomin bo`ldi
Xitoyda neft quvurining portlashi oqibatida kamida 35 kishi halok bo`lgan, yana 166 kishi jabrlangan, deya xabar beradi “ITAR-TASS”.

«Sinxua» agentligi tarqatgan ma`lumotlarga ko`ra, neft Sindao sanoat zonasida Lidong kimyo zavodi yonida tunda sizib chiqqan. Mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10:30 esa neft quvuridagi ta`mirlash ishlari chog`ida portlash yuz bergan.   

Ushbu neft quvuri Xitoyning “China Petroleum and Chemical Corporation” (Sinopec) energetika va kimyo kompaniyasiga tegishli ekani qayd etiladi.

Taxminlarga qaraganda, portlashga neft quvurining shikastlanishi va buning natijasida neftning sizib chiqishi sababchi bo`lgan. Voqea joyida 20 ga yaqin o`t o`chirish mashinalari ishlamoqda. Qutqaruvchilar olovni o`chirishga muvaffaq bo`ldi, yuz bergan voqea tafsilotlari o`rganilyapti. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1