1

Noyob “Ferrari” $14,3 millionga sotildi (FOTO)

Dunyo 23.11.2013, 13:13
Noyob “Ferrari” $14,3 millionga sotildi (FOTO)
Noyob “Ferrari250 LM” superkari Nyu-Yorkdagi “Sotheby’s” auksionida sotildi. Kimoshdi savdolari tashkilotchilari avtomobilni rekord 14,3 million dollarga sotishga muvaffaq bo`ldi.




Balandligi bor-yo`g`i 1,1 metrni tashkil etuvchi ushbu superkar 1964 yili “Carrozzeria  caglietti”
ustaxonasida tayyorlangan. Mazkur mashina bor-yo`g`i 32 ta nusxada ishlab chiqarilgan. U  uvvati 320 ot kuchiga ega 3,3 litrli dvigatel bilan jihozlangan. “Ferrari 250 LM”  vtomobili «Le-Manning 24 soati» poygalarida qatnashgani bilan mashhur. Ushbu model rulini Karl-Yoxen Rindt va Masten Gregori kabi mashhur poygachilar boshqargan. Biroq Nyu-Yorkda sotilgan nusxa boshqa taniqli sportchilar Gilermo Ortege va Fausto Morelloga tegishli bo`lgan.



Dastavval "Ferrari 250 LM” kimoshdi savdosiga 12 million dollar narxida qo`yilgan edi, biroq noyob superkarning qiymati tezlik bilan ko`tarila boshladi. Savdolar zali odamlar bilan to`lganiga qaramasdan, telefonda agent orqali qo`ng`iroq qilgan mijoz g`olib bo`ldi.
Badavlat xaridorning nomi oshkor etilmayapti.



Qayd etib o`tamiz, “Ferrari 250 LM” kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmat avtomobillardan biriga aylandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1