1

Olimlar muzeydagi aylanuvchi haykal sirini ochdi (VIDEO)

Dunyo 23.11.2013, 16:29
Olimlar muzeydagi aylanuvchi haykal sirini ochdi (VIDEO)
Britaniyalik olimlar Manchester muzeyidagi Qadimgi Misr haykalining aylanish sirini ochdi.

“LeFigaro”  nashrining yozishicha, 6 oy davomida yuz bergan g`aroyib voqealar va buni aks
ettirgan video ushbu hodisada arvohlarning “qo`li bor” degan fikrni uyg`otgandi.Biroq britaniyalik olimlar bu taxminni rad etdi.

Videoda 25 santimetr keladigan haykalcha kun yorug`ida begona kuchlarsiz qalin shisha ortidagi vitrinada turgan holda 180 darajaga aylanganini ko`rish mumkin. Bunda boshqa uchta haykalcha hech qanday harakatni amalga oshirmagan.

Ushbu voqea “Muzeydagi tun” filmi syujetini eslatadi. Kinoda muzey eksponatlari tunda jonlanadi. Muzey xodimlari Misr haykalchasiga kirib olgan ruhni quvish uchun Indiana Jonsga murojaat qilishga tayyor edi, biroq britaniyalik muhandis Stiv Goslin bunga texnika yordamida izoh topishga qaror qildi. Haykalchaning aylanish sahnasi videoga yozib olindi va puxta tahlildan so`ng muhandis quyidagi xulosaga keldi: haykalcha ertalab soat 7 da aylanishni boshlagan va harakatini muzey eshiklari yopilganidan keyin to`xtatgan. Haykalchaning harakatiga muzey hududidagi avtomobil transporti harakati va muzeyga keluvchilarning qadami natijasida hosil bo`ladigan kunduzgi vibrasiyalar sababchi degan xulosaga kelindi. Goslinning so`zlariga ko`ra, haykalchaning asosi do`ng bo`lgani bois, u boshqa tekis asosga ega haykalchalardan farqli o`laroq vibrasiyalarga ta`sirchan. “Endi doktor Jonsning maslahati talab etilmaydi”, - deb yozadi nashr. 

<center><iframe width="560" height="315" src="//www.youtube.com/embed/CO8q9YL77Qc" frameborder="0" allowfullscreen></iframe></center>

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1