23.11.2013 16:55
Xyu Jekmandagi saraton o`simtasi jarrohlik yo`li bilan olib tashlandi
Bu haqda aktyorning o`zi ijtimoiy tarmoqlardan birida ma`lumqiladi. Jekmanning so`zlariga ko`ra, yaqinda u rafiqasi Deboraning qistovi bilan burnidagi terisini tibbiy ko`rikdan o`tkazgan.
"Rafiqam haq bo`lib chiqdi! Menda bazal-hujayrali karsinoma bor ekan. Iltimos, men kabi ahmoqlik qilmang. Albatta, borib tekshirtiring", - deb yozadi Jekman. Shuningdek, u hammaga quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishni tavsiya etadi.
Aktyorda aniqlangan saraton kasalligining shakli odamda ko`p uchraydigan zararli o`simta hisoblanadi. U boshqa saraton turlaridan metastazaning kamdan-kam hollarda rivojlanishi bilan farq qiladi, biroq mahalliy keng o`sishga qodir.





