1

ENDI TIShI OG`RIGANLAR ShIFOKORGA BORIShDAN ChO`ChIMAYDI!

Hi-tech 08.09.2017, 18:41
ENDI TIShI  OG`RIGANLAR ShIFOKORGA  BORIShDAN ChO`ChIMAYDI!

Buyuk Britaniya stomatologiya olimlarining yangi ixtirosi shu haqda. Tish kasalliklari bilan og`rigan bemorlar ko`p hollarda shifokor huzuriga borishga cho`chishadi va kasallikni o`tkazib, uni yanada zo`rayib ketishiga zamin yaratib berishadi. Yaqinda Buyuk Britaniya stomatologiya olimlari yangi ixtironi amalga oshirishdi. Bu ixtiro bilan endi hech kim tish og`rig`idan shifokorga ko`rinishdan cho`chimaydi.

Buyuk Britaniya olimlari tish kasalligidan aziyat chekayot­gan 100 nafar bemorda mazkur ixtironi sinab ko`rishdi. 95 nafar bemorda bu ijobiy natijani ko`rsatdi. Bemor davolash kursisiga o`tirishi bilan unga 3D ko`zoynak beriladi va u ko`z oldida 3D virtual olamga sayohat qiladi. Bu bilan u og`riqdan va boshqa tashvishlardan xalos etiladi. Qarabsizki, bemor og`riqni batamom unutadi. Bemorlarga tish davolash mobaynida hech qanday og`riqni qoldiruvchi ukol yoki dori berilmaydi. Yaqin kunlarda ixtironi omma e`tiboriga havola etish rejalashtirilgan. Olimlar bu ixtiro haqida hali to`la ma`lumot berishmayapti. Barchasi taqdimot kuniga rejalashtirilganini aytishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1