1

Rigadagi fojia sabablari – qurilishdagi xatoliklar (FOTO

Dunyo 23.11.2013, 17:14
Rigadagi fojia sabablari – qurilishdagi xatoliklar (FOTO
Rigadagi fojia sabablari borasida Latviya huquqni muhofaza qilish organlarida hozir uchta taxmin mavjud.



Eslatib o`tamiz, 21 noyabr kuni Rigadagi savdo markazi qulashi oqibatida o`nlab kishilar halok bo`lgan. Polisiyaning fikricha, fojianing birinchi ehtimoliy sababi qurilishni loyihalashtirish va uni nazorat qilish bosqichida yo`l qo`yilgan xatoliklar bo`lishi mumkin. Ikkinchisi – birinchi navbat qurilishidagi noto`g`ri harakatlar bilan bog`liq, uchinchi taxmin esa savdo markazini barpo etishning ikkinchi navbatidagi xatoliklarga asoslanadi. 



Bundan tashqari, supermarketning qulashi kuzatuv kameralariga ham tushgan. Hozir polisiya ushbu videolarni o`rganmoqda, deya xabar beradi mahalliy OAV.



So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, favqulodda hodisa natijasida 50 ga yaqin kishi halok bo`lgan, ularning orasida qutqaruvchilar ham bor. Mamlakat hukumati halok bo`lganlar xotirasiga uch kunlik (23-25 noyabr) motam e`lon qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1